Kompaniya haqida

Xalqaro Yuridik Kompaniya – Rossiyaning B2B sohasida korporativ huquq, soliq konsaltingi va sud vakilchilikka ixtisoslashgan yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya tarixi 2001 yilda boshlangan. So’nggi bir necha yil ichida kompaniyaning o’sishi 80% foizdan ortiqni tashkil etib, yangi loyihalar, bitimlar soni oshdi va shunga munosib malakali xodimlar shtati ham o’sdi, 2009 yilda kompaniya idorasi poytaxtning tarixiy markazi Ostojenka ko’chasiga ko’chib o’tdi.

Kompaniyamizning asosiy qadriyati – jipslangan xodimlar jamoasidir. Bugungi kunga kelib kompaniyamiz kollektivi o’z tarkibida huquqning turli sohalarida ixtisoslashgan 50 dan ortiq yuqori malakali xodimlarni birlashtiradi, shu jumladan mizojlarga sayyor va kameral soliq tekshiruvlaridan muvaffaqiyatli o’tishga yordam beradigan soliq sohasi mutaxassislari ham. Biz o’z xodimlarimiz bilan faxrlanamiz va qiziqtiruvchi va birlashtiruvchi korporativ tadbirlarni tashkil qilgan holda jamoa ruhini saqlab boramiz.

Kompaniyamiz vakillari yuridik va ishchi hamjamiyat hayotida faol ishtirok etib, doimo konferentsiyalar, seminarlar, ko’rgazmalar, hamda ko’pgina yuridik forumlarda, jumladan har yili o’tkaziladigan Pererburg Xalqaro Iqtisodiy Forumida qatnashishadi.

Jamoamizning tartibli yo’lga qo’yilgan ishi, murakkab vaziyatlarda ishlash strategiyasi bo’yicha kollegial qarorlar qabul qilish, mavjud tajriba va pretsedentlarni tahlil qilish, hamda huquqiy kolliziyalardan foydalnishni bilish mutaxassislarimizga eng yuqori natijalarga erishish imkonini beradi..

Fakt va raqamlar

Bizning o’zimizga xos farqlovchi xususiyatimiz shundaki, biz murakkab yuridik masalalarni hal etishda voqeiy tajribaga egamiz.

  • Har oy bizning kompaniyamiz tezkor ravishda va radlarsiz bir o’nlab notijorat tashkilotlarni Adliya Vazirligida ro’yxatdan o’tkazadi, bu esa Xalqaro Yuridik Kompaniyaga uzoq vaqt davomida Rossiyada notijorat va jamiyat tashkilotlarini ro’yxatga olishda shartsiz yetakchi o’rinni saqlab turish imkonini beradi.
  • Biz kshpgina sohalarda o’z-o’zini tartibga keltiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mutaxassislari bo’lib, O’O’TK “kaliti bilan” tashkil etishda katta tajribaga egamiz.
  • Bizning huquqshunoslarimiz har oy yuzlab yuridik shaxslarni qaytadan tashkil etish jarayonida hamrohlik qilishadi. Bunday katta amaliy tajriba bizga barcha xavflarni minimallashtirish va qayta tashkil etish jarayonlarini qisqartirish imkonini beradi.
  • Biz har oyi o’nlab ixtiyorish tugatishlarga hamrohlik qilamiz va yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatishda barcha xavflarni minimallashtira olamiz.
  • Biz fabrikalar, zavodlar, tarmoqli kompaniyalar va magazinlarning bankrotlik jarayonlarida hamrohlik qilishda katta tajribaga egamiz. Qarzini to’lay olmaslik (bankrotlik) sohasidagi qonunlarni a’lo darajada bilishimiz bizga ham kreditorlar va ham muammoli tashkilot egalari manfaatlarini samarali himoya qilish imkonini beradi. Biz hamrohlik qilgan barcha bankrotlik jarayonlari bo’yicha birorta ham ishtirokchi yoki rahbar subsidiar javobgarlikka tortilmagan.

Bizning mizojlarimiz

Hozirgi kunda 500 dan ortiq kompaniyalar bizning mizojlarimiz hisoblanadi. Har bir mizoj va uning talablariga shaxsiy yondashish tufayli biz ham yirik va ham kichik biznes vakillari bilan muvaffaqiyatli ish olib boramiz. Bizning murakkab huquqiy masalalarni hal etishdagi katta tajribamizni inobatga olib o’zlari u yoki bu yuridik xizmatlarni bajara olmaydigan ko’pgina yuridik kompaniyalar bizga murojaat etishadi va biz bevosita ijrochi bo’lamiz. Biz sheriklarimizni qadrlaymiz va advokatlar, yuridik va buxgalterlik kompaniyalari uchun maxsus hamkorlik sharoitlarini taqdim etamiz.

Ishimiz yuqori sifatli ekanligining eng yaxshi isboti – mizojlarimiz va sheriklarimizdan tushgan ijobiy fikrlar. Xususan, kompaniyamiz tematik yuridik forumlarda hamkasb huquqshunoslardan murakkab huquqiy maslalalrni hal etishda ko’maklashganimiz uchun yuzlab minnatdorchilik maktublari oldi. Bizning mizojarimiz bilan o’zaro munosabat qilishimizda shubhasiz afzalliklarimizdan biri shundaki, biz hech qanday sharoitda aniq bir kompaniya bilan hamkorlik qilayotganligimizni, hamda ayniqsa hamkorligimiz shartlarini oshkor etmaymiz.

Biz mizojlarimizga bizga ko’rsatgan ishonch va qo’llab-quvvatlaganliklari uchun o’z minnatdorchiligimizni izhor etamiz va doimo mukammallashish va rivojlanishga intilgan holda ko’rsatayotgan xizmatlarimiz va servisimizning yuqori darajali sifatini ta’minlashda davom etamiz.



YAngiliklar

Яндекс.Метрика